


Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan miniatura san’ati ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✅ Ko‘rgazmada:
🔹 2-bosqich talabalari Rajabova Durdona, O‘rinboyeva Manzura
🔹 1-bosqich talabasi Qayumova Parizoda
tomonidan yaratilgan ijodiy miniatura asarlari namoyish etildi.
✅ Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi:
— yosh ijodkorlarning badiiy mahoratini namoyon etish,
— milliy miniatura san’ati an’analarini targ‘ib qilish,
— talaba-yoshlar ijodiy tafakkurini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Namoyish etilgan asarlarda Sharq mumtoz san’atiga xos:
• ranglar uyg‘unligi,
• kompozitsion aniqlik,
• ramziy-majoziy ifoda,
• dekorativ bezaklarning nozikligi
yaqqol aks etdi.
Miniaturalarda tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar, tabiat manzaralari va inson ruhiy kechinmalari an’anaviy uslub va zamonaviy badiiy yondashuv uyg‘unligida tasvirlandi.
Ushbu ko‘rgazma yosh rassomlarning ijodiy salohiyatini oshirish, estetik didini shakllantirish hamda milliy san’atga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.