


☄️✅ Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan ayni paytda “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari: 5E modeli, yangi avlod darsliklari va xorijiy tajribalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda respublikaning turli hududlaridan kelgan professor-o‘qituvchilar, metodistlar, tadqiqotchilar va yosh pedagoglar ishtirok etib, boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, muloqot, muammo yechish, raqamli savodxonlik kabi XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
✅ Tadbir doirasida:
🔴 5E modeli asosida dars tashkil etish bo‘yicha mahorat darslari;
🔴 yangi avlod darsliklarining amaliy qo‘llanilishi;
🔴 rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi;
🔴 innovatsion pedagogik texnologiyalar taqdimotlari o‘tkazilmoqda.
📚 Anjuman o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’limga doir bilimlarini boyitish va tajriba almashinuvi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.