Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Talabalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik

Event Image

Talabalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik

    

     Buxoro davlat pedagogika institutida talabalarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik doimo ustuvor masala sanaladi. Qishki ta’til munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tomonidan talabalar o‘z uylariga jo‘nab ketishlari jarayonida ularni kuzatib qo‘yish ishlari tashkil etildi.

☄️ Mazkur jarayonda talabalarning xavfsizligi, yo‘ldagi holati hamda sog‘lig‘i alohida e’tiborga olinib, ustozlar tomonidan samimiy tilaklar va zarur tavsiyalar berildi.

❄️ Qish fasli bilan bog‘liq murakkab ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda:

🔴 yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lish,
🔴 transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish,
🔴 sovuq va sirpanchiq ob-havo sharoitlarida o‘z salomatligini asrash
  bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

    Talabalarning eson-omon yo‘l bosib, o‘z manzillariga yetib borishlari institut jamoasi uchun muhimdir. Buxoro davlat pedagogika instituti har bir talabani o‘z farzandidek qadrlaydi va ularning xavfsizligini doimo diqqat markazida tutadi.