Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yildiz Texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv

  • Bosh sahifa
  • Yildiz Texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv
Event Image

Yildiz Texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv

    Yildiz Texnika universiteti dunyo Top universitetlari QS reytingida 731-o'rinda turuvchi Turkiyadagi nufuzli davlat universitetlaridan biri.

    Universitet rektori Eyüp Debikning soʻzlashicha, universitet yaqin yillarda TOP 300 talikdagi universitetlar qatoridan joy olishni maqsad qilgan. Shunga koʻra, ikki oliygoh rektorlari oʻrtasida faol aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Buxoro davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda xalqaro bazalarda indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar, kitoblar nashr qilish, Erasmus+ va boshqa xalqaro grant va dasturlarda qatnashish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, doktoranturada tahsil olayotgan talabalarning oʻqishlari va tadqiqot olib borishlarini Yildiz Texnika universitetida amalga oshirish, qoʻshma dasturlar faoliyatini boshlash kabi masalalar boʻyicha muhim kelishuvga erishildi.