


Institutda ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan rektoroldi yig‘ilishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, o‘quv-uslubiy boshqarma tarkibida transformatsiya bo‘limini tashkil etish bo‘yicha nomzodlarni tanlash, 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, talabalarning shartnoma-kontrakt to‘lovlari bo‘yicha mavjud qarzdorliklar muhokama etildi. Shuningdek, ijro intizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda vazirlik topshiriqlarining bajarilish holati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari tahlil qilindi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.