

#Bitiruvchi2026 #Uchrashuv #Bandlik
Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari bilan hududlarda uchrashuvlar tashkil etildi
👍 Jondor, Peshku, Shofirkon, Qorako‘l hamda Buxoro tumanlarida Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Tuman hokimliklari binolarida tuman hokimlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvlarda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, hududlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda mehnat bozoridagi ehtiyojlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🎼 Shuningdek, muloqotlar davomida bitiruvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi. Bu kabi uchrashuvlar bitiruvchi-yoshlarning kelgusidagi mehnat faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda hududlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Uchrashuvlar yakunida bitiruvchilarga kelgusida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha samarali faoliyat yuritish, jamiyat va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube