


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 22-yanvaridan 22-fevraliga qadar “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur huquqiy oylik doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, mulk huquqlarining kafolatlari, amaldagi soliq imtiyozlari hamda ushbu sohadagi qonunchilik yangiliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar va pedagog xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mulk huquqlarini himoya qilish borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv o‘zaro ochiq muloqot va amaliy tavsiyalar bilan boy tarzda o‘tdi.