shape
shape

BITIRUVCHI–2026 | Orzular ro‘yobga chiqadigan unutilmas oqshom!

  • Bosh sahifa
  • BITIRUVCHI–2026 | Orzular ro‘yobga chiqadigan unutilmas oqshom!
Event Image

BITIRUVCHI–2026 | Orzular ro‘yobga chiqadigan unutilmas oqshom!

Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchilar uchun eng quvonchli va unutilmas lahzalardan biri – tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yillar davomida egallangan bilim, orttirilgan tajriba va fidokorona mehnatning munosib e’tirofi bo‘lgan ushbu marosim bitiruvchilarning hayotida yangi bosqich sari qo‘yiladigan muhim qadamdir.

📣 Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning erishgan yutuqlari e’tirof etiladi. Shuningdek, bayramona konsert dasturlari va unutilmas lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.

📍 Manzil: “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasi
📆 Sana: 26-iyun
Vaqti: 19:30

💫 Barcha ustozlar, ota-onalar, bitiruvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni ushbu tantanali marosimda ishtirok etishga chorlaymiz.

🎓 BITIRUVCHI–2026 — ezgu orzular sari dadil qadam, yorqin kelajak sari ishonchli yo‘l!