Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Tasviriy san’at bo‘yicha BADIIY VA IJODIY TANLOV

  • Bosh sahifa
  • Tasviriy san’at bo‘yicha BADIIY VA IJODIY TANLOV
Event Image

Tasviriy san’at bo‘yicha BADIIY VA IJODIY TANLOV

✅ Buxoro davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha badiiy va ijodiy tanlov hamda ko‘rgazma o‘tkaziladi. 

❗️ O‘tkazish muddati: 2026-yil 12-yanvardan 12-fevralga qadar.

📌 Maqsad:
🎓 Yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atda yangi g‘oyalarni rag‘batlantirish hamda talabalar ijodini xalqaro maydonga olib chiqish.

🖌 Nominatsiyalar:
➡️ Miniatyura
➡️ Rangtasvir
➡️ Dekorativ-kompozitsion yo‘nalish
➡️  Amaliy san’at turlari

👨‍🎓👩‍🎓 Ishtirokchilar:
☄️✅ Tanlovda Buxoro davlat pedagogika institutining barcha talabalari ishtirok etishi mumkin. Har bir talaba o‘zining shaxsiy ijodiy ko‘rgazmasini tashkil etadi.

🏆🇹🇷 G‘oliblar uchun imkoniyat:
Tanlov g‘oliblari Turkiyada shaxsiy ko‘rgazma tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✅ Tanlov g‘oliblari uchun Turkiya davlatiga borib kelish bilan bog‘liq safar xarajatlari Pedagogika instituti tomonidan to‘liq qoplanadi.

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot:
Qabul shartlari va talablar bo‘yicha Musiqa va tasviriy san’at kafedrasiga murojaat qiling.

🔍 Mamurova Dilfuza Islomovna
📞 +998914054043