shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida deputatlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida deputatlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida deputatlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ochiq muloqot muhitini yaratish maqsadida deputatlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Mazkur uchrashuvni institut rektori Bahodir Ma’murov tadbirni ochib berib, bugungi kunda yoshlarning fikri, tashabbusi va intilishlari mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash har bir rahbarning ustuvor vazifasi ekanligi qayd etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi kotibiyat mudiri Yashiyev Shamsiddin Najmiddinovich, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati Kazimova Robiya Fatullayevna hamda Odilov Iskandar Ismoilov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim tizimidagi islohotlar, bandlik, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr bildirishdi.Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Xususan, ta’lim sifati, yoshlar bandligi, startap loyihalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak rejalari yuzasidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotidagi islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashashga undash hamda yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.