Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti Kengashining 2025/2026-o‘quv yili 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti Kengashining 2025/2026-o‘quv yili 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti Kengashining 2025/2026-o‘quv yili 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilish davomida institut faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayonining samaradorligi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Kun tartibida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining Qozog‘iston Respublikasidagi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga amalga oshirgan xizmat safari natijalari bo‘yicha hisobot, institutda o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestri yakunlari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar turar joyi ma’muriyatining faoliyati, talabalar turar joylarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va ularni yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Yig‘ilishda magistratura mutaxassisliklarida ta’lim sifati, ilmiy-pedagogik faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlarining holati, Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ish yuritilishi, ijro intizomi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan ham tahliliy ma’lumotlar tinglandi.

    Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.