


Türk Dili Kurumu Turkiyaning filologiya yoʻnalishi boʻyicha markazlashgan jamiyati hisoblanadi. Markaz ilmiy konferensiya va simpoziumlar oʻtkazishga, kitoblar nashr qilinishi uchun koʻmaklashadi.
☄️✅ Uchrashuvda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan shartnoma imzolanishi haqida kelishuvga erishildi. Unga koʻra, institutda boʻlib oʻtadigan konferensiya va simpoziumlarda turkiyalik olimlarning faol ishtirokini ta’minlaydi, institut professor-oʻqituvchilarining kitob nashrlarini amalga oshiradi.
Institut rektori markazda yangi ochilgan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi.
Uchrashuvda Buxoro davlat pedagogika instituti yangi kutubxonasida markazning kutubxonasi boʻlimini ochish boʻyicha kelishuvga erishildi.