
2025/2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan iqtidorli talabalar tomonidan o‘z yutuqlari va amalga oshirgan ishlari taqdimoti o‘tkazildi.
Xususan, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan, xalqaro IELTS imtihonidan yuqori — 8.0 va 8.5 natijalarni qo‘lga kiritgan talabalar alohida e’tirof etildi.
Institut rektori B.Ma’murov va institutga tashrif buyurgan xalqaro universitetlar rektorlari tomonidan iqtidorli talabalar, ularning ota-onalari hamda ilmiy rahbarlari taqdirlandilar.
Mazkur e’tirof yoshlarning ilmga bo‘lgan intilishi, mehnati va izlanishlariga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

