shape
shape

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”

  • Bosh sahifa
  • “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”
Event Image

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”

Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida poytaxtimizdagi muhtasham Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Mazkur sayohat davomida talabalar xalqimizning buyuk adiblari hayoti va sermazmun ijodi bilan yaqindan tanishib, ularning boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tashrif jarayonida yoshlar milliy adabiyotimiz namoyandalari xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykallar poyiga gullar qo‘ydilar. Adiblarimiz yaratgan bebaho asarlar, ularning vatanparvarlik va ma’rifat haqidagi g‘oyalari talabalar qalbida katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.