
Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy hujjat hisoblanadi. Bugun taqdim etilgan navbatdagi Murojaatnomada 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, islohotlar natijadorligi chuqur tahlil qilindi, mavjud muammolarga ochiq baho berildi, o‘rta muddatli istiqbol uchun aniq maqsad va vazifalar belgilandi.

