
Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasiga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, institutimiz o‘qituvchisi Sanjar Kurbanov Hindiston hukumati tomonidan taqdim etiladigan nufuzli ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) grantini qo‘lga kiritdi.
Mazkur grant doirasida u 2026 yil 10–23 mart kunlari Dehli shahrida (Hindiston) tashkil etiladigan xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etadi.
👥 Ushbu dastur xalqaro tajriba almashish, kasbiy malakani oshirish hamda ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, unda turli davlatlardan yetuk mutaxassislar qatnashadi.Mazkur yutuq institutimizning xalqaro maydondagi faolligi, ilmiy salohiyati hamda global hamkorlik yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarining yana bir yorqin tasdig‘idir.
Sanjar Kurbanovga mazkur nufuzli grant doirasidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

