


Buxoro davlat pedagogika institutida 2025–2026 o‘quv yilining navbatdagi 5-yig‘ilishi o‘tkazilib, unda institut faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli masalalar muhokama qilindi.
🔍 Ilmiy ishlar va innovatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha:
🔍 Institutning 2025-yilda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyat hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan yillik hisobot tinglandi.
🔍 2026-yil uchun ilmiy tadqiqot ishlari rejasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.
📊 Ta’lim sifati nazorati yo‘nalishi bo‘yicha:
🔍 Kafedralarda milliy reyting indikatorlari asosida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti taqdim etildi.
🔍 Kafedralarda sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlil qilindi.
🔍 Institut huzuridagi akademik litseyda o‘quv jarayonining tashkil etilishi bo‘yicha sifat tahlili muhokama etildi.
✈️ Ish yuritilishi va kompleks faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha:
🔍 Jismoniy madaniyat fakultetida ish yuritilishi, ijro intizomi, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan hisobot eshitildi.
🔍 Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.
🔍 Institutning professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni vazirlik huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.
✅ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅ Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni izchil ta’minlash yo‘lida faol ishlarni davom ettirmoqda.