


Buxoro davlat pedagogika institutida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Akramov Abdumalik Abdumutalovich institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmon institut hududida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayonlari, talabalarning ijodiy va sport faoliyati bilan tanishib chiqdi. Jumladan, talabalar tomonidan tashkil etilgan rangtasvir yo‘nalishidagi shaxsiy ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, yosh ijodkorlarning san’atga bo‘lgan qiziqishi va salohiyatiga yuqori baho berdi.
😄 Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy burchagi” tashkil etilganligi bilan tanishildi. Mehmon institut matbuoti xizmati tomonidan tayyorlangan chelenjlar va videoroliklarni tinglab, yoshlar ijodiga bo‘lgan e’tibor va rag‘batlantirish jarayonlarini yuqori baholadi.
📚 Shuningdek, tanishuv jarayonida institutda faol olib borilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari ko‘zdan kechirildi. Ushbu musobaqalar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tashrif davomida Registrator ofis ish jarayoni, uning talabalarga ko‘rsatayotgan xizmatlari va raqamlashtirilgan tizimlari bilan ham yaqindan tanishildi.
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim muhitini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.