shape
shape

Erasmus+ CBHE doirasidagi EMPOWER Women loyihasi doirasida muhim bosqichlardan biri yana muvaffaqiyatli amalga oshirildi!

  • Bosh sahifa
  • Erasmus+ CBHE doirasidagi EMPOWER Women loyihasi doirasida muhim bosqichlardan biri yana muvaffaqiyatli amalga oshirildi!
Event Image

Erasmus+ CBHE doirasidagi EMPOWER Women loyihasi doirasida muhim bosqichlardan biri yana muvaffaqiyatli amalga oshirildi!

    26-mart kuni Buxoro shahrida “100 ta yangi brend loyihasi” dasturida Buxoro davlat pedagogika instituti , EMPOWER 2-pilot guruh ishtirokchilari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti samarali bo'ldi.

Mazkur treningda ishtirokchilar milliy brend yaratish, uning strategik rivoji hamda huquqiy asoslari bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lishdi. Darslar davomida quyidagi masalalar chuqur tahlil qilindi:
• brendsiz mahsulot muammosi va uning bozordagi ta’siri
• marketing va brendingdagi kamchiliklar
• kontrafakt mahsulotlar va ularning xavfi
• kuchli global brendlar tajribasi
• mahsulot, iste’molchi va bozor tahlili bosqichlari

    Seminardan keyin Trener Baxronova Matluba ishtirokchilarga amaliy misollar, real case’lar va interaktiv muhokamalar orqali bilimlarini mustahkamlash imkonini yaratdi.

    Ishtirokchilar jamoaviy ishlarda faol qatnashib, o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida muhim qadam tashladilar va o'z brendlarini yaratdilar.

    EMPOWER – ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi imkoniyatlar sari yetaklash va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir!