


1️⃣ "Kelajakka birinchi qadam"
Ijtimoiy soliq to‘laydigan, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun
• Kredit miqdori: 10 mln so‘mgacha
• Foiz stavkasi: 21%
• Muddati: 18 oygacha
• Imtiyozli davr: 3 oygacha
❗️ Sug‘urta polisi to‘lovi kredit summasidan chegiriladi
2️⃣ "Kelajak uchun start"
Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit miqdori: 300 mln so‘mgacha
• Foiz stavkasi: MB asosiy stavkasi +4%
• Muddati: 7 yilgacha
(aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha)
• Imtiyozli davr: 2 yilgacha
(aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha)
Talablar:
🔴 Kredit oluvchi — direktor yoki ta’sischi bo‘lishi shart
🔴 Garov talabi mavjud (50 mln so‘mgacha — sug‘urta polisi asosida)
🔴 Salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi kerak
🔴 Muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi lozim
3️⃣ "Yorqin kelajak sari"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun
• Kredit miqdori: 1 mlrd so‘mgacha
• Foiz stavkasi: MB asosiy stavkasi +4%
• Muddati: 7 yilgacha
(aylanma mablag‘lar uchun — 36 oygacha)
• Imtiyozli davr: 2 yilgacha
(aylanma mablag‘lar uchun — 6 oygacha)
➡️ Talablar:
🔴 Kredit oluvchi — direktor yoki ta’sischi bo‘lishi shart
🔴 Garov ta’minoti talab etiladi
🔴 Kamida 4 ta ish o‘rni yaratish majburiy
🔴 Salbiy kredit tarixi bo‘lmasligi kerak
🔴 Muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi lozim
➡️ Murojaat uchun: BuxDPI, Registrator ofisi, 103-xona "Kelajakka qadam" markazi. Mas'ul: Kurbanova Munira Klichovna (O‘zmilliybank AJ vakili) 90-514-49-48