Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti va Ahmad Yassaviy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti va Ahmad Yassaviy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti va Ahmad Yassaviy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    Ahmad Yassaviy universiteti dunyoning mashhur universitetlari QS reytingida 761-oʻrinda turadigan oliy taʼlim muassasasi.  Universitetning Qozogʻiston Respublikasida 12.000 dan ortiq talaba tahsil oladigan boʻlimi mavjud. Universitet ta’lim, geografiya, filologiya, tarix, huquq sohasidagi faoliyati ahamiyatga molik boʻlib, bir necha jurnallari Scopus bazasida indekslanadi. 
Tomonlar 2026-yil 25–27-martda Buxoro davlat pedagogika institutida bir necha dunyo universitetlari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan III. ULUSLARARASI TÜRK DÜNYASI COĞRAFYACILAR KONGRESİda Ahmad Yassaviy universiteti professor-oʻqituvchilarining faol ishtirokini taʼminlash va kongressni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishishdi.

🤝 Ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Ahmad Yassaviy universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

📚 Memorandum doirasida:
💠 professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
💠 qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari;
💠 xalqaro konferensiya va seminarlarni oʻtkazish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tajriba almashinuvi
kabi yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilishi rejalashtirilgan.

🌐 Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.