


Bugungi kunda Buxoro viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan 1550 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 45122 nafar 3–7 yoshli bolalar qamrab olingan.
➡️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan olib borilgan tahliliy o‘rganishlar jarayonida ayrim oilaviy MTTlarda ta’lim-tarbiya jarayonlari belgilangan davlat talablari asosida yetarli darajada tashkil etilmayotgani aniqlandi. Mazkur holat sohada sifat va samaradorlikni yanada oshirish, tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash zaruratini yuzaga keltirdi.
📌Shu maqsadda, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
🔗“Nodavlat maktabgacha ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirishning zamonaviy tendensiyalari hamda 5 ta markazdan foydalanishning zamonaviy usullari” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur kurslar Buxoro davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
➡️Bugun ushbu o‘quv kurslariga rasmiy старт berildi. Dastlabki bosqichda G‘ijduvon tumanida faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarning 300 nafardan ortiq tarbiyachilari o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etildi.
💫10-yanvar kuniga qadar davom etadigan qisqa muddatli kurslar orqali viloyat bo‘yicha 1 500 nafardan ortiq tarbiyachilarni qamrab olish rejalashtirilgan.
🔵Mazkur tashabbus oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.