shape
shape

Hamkorlik aloqalari yangi bosqich sari

Event Image

Hamkorlik aloqalari yangi bosqich sari

Buxoro davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Suhbat jarayonida Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorliklarni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlash, institutlararo hamkorlikni rivojlantirish, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan ishonch va minnatdorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashdilar hamda mazkur uchrashuv xotirasi uchun suratga tushdilar.
Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va ta’limiy hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.