

Buxoro davlat pedagogika institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi ishtirokida ilmiy faoliyatga oid muhim masalalar muhokama qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Tadjievich Yusupov Buxoro davlat pedagogika institutida yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ilmiy faoliyatida uchrayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, ishtirokchilarga ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, dissertatsiya va avtoreferatlarda ilmiy yangiliklarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, ularni amaliyotga joriy etish, shuningdek, tadqiqot mavzularini ustuvor ilmiy yo‘nalishlar asosida belgilash yuzasidan amaliy tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berildi.Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.Mazkur uchrashuv yosh tadqiqotchilarning ilmiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy muloqot sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.