Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Koreya ta’lim tajribasini o‘rganish yo‘lida xalqaro hamkorlik

  • Bosh sahifa
  • Koreya ta’lim tajribasini o‘rganish yo‘lida xalqaro hamkorlik
Event Image

Koreya ta’lim tajribasini o‘rganish yo‘lida xalqaro hamkorlik

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ–3931-son Qarori, shuningdek, 2025-yil 15-may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi pedagog xodimlar bilan hamkorlikda Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti kafedrasining professor-o‘qituvchilari M.Hakimova hamda G.Qurbonova Koreya Respublikasining Tegu shahrida joylashgan Xanguk milliy universiteti va Hankyong milliy universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

    Mazkur xizmat safari pedagog kadrlar malakasini oshirish, Koreya Respublikasining ilg‘or ta’lim tajribasi va zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishish, ta’lim tizimida xalqaro tajriba almashish hamda kelgusida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.

    Xizmat safari doirasida o‘quv jarayonlari, ta’limni tashkil etishning innovatsion yondashuvlari, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi ilg‘or amaliyotlar o‘rganilmoqda hamda o‘zaro tajriba almashish ishlari olib borilmoqda.