Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Samarqand shahrida Oʻzbekiston – Vengriya rektorlari III forumi boʻlib oʻtdi

  • Bosh sahifa
  • Samarqand shahrida Oʻzbekiston – Vengriya rektorlari III forumi boʻlib oʻtdi
Event Image

Samarqand shahrida Oʻzbekiston – Vengriya rektorlari III forumi boʻlib oʻtdi

    Bugun Samarqand shahrida joylashgan Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekiston – Vengriya rektorlari III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli forum ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish hamda qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Forumda Buxoro davlat pedagogika instituti delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida institut rektori Bahodir Ma’murov qatnashdi. 

    Forum doirasida institutimiz tomonidan Vengriyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari — University of Sopron va University of Szeged bilan oʻzaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va akademik dasturlarni rivojlantirish uchun muhim qadam boʻldi.

    Buxoro davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, dunyoning nufuzli universitetlari bilan samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyish va taʼlim sifatini yanada oshirish yoʻlida izchil faoliyat olib bormoqda.