Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Talabalar hayotiga e’tibor: Rektor yotoqxonada talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

  • Bosh sahifa
  • Talabalar hayotiga e’tibor: Rektor yotoqxonada talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Talabalar hayotiga e’tibor: Rektor yotoqxonada talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

    Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B. Ma’murov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-yoshlarning yashash sharoiti, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud masalalar bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrif davomida yotoqxona xonalarining holati, maishiy sharoitlar, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning taklif, tashabbus va fikr-mulohazalari tinglandi.

    Muloqot jarayonida yotoqxona sharoitlarini yanada yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sonini oshirish, internet sifati va o‘quv uchun yaratilgan shart-sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, qolganlari yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Institut rahbariyati tomonidan talabalarga qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish, shuningdek, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.