Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

  • Bosh sahifa
  • Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Event Image

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

    Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

✔️ Mazkur tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, harbiy xizmat faxriylari va faol harbiy xizmatchilar ishtirok etib, milliy armiyamizning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Qurolli Kuchlarimizning mamlakat tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

📚 Uchrashuv davomida uch avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli ekanligi, Vatanga sadoqat, fidoyilik va jasorat kabi yuksak fazilatlar yoshlar ongiga singdirildi. Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️ Tadbir yakunida milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning ishonchli qalqoni, xalqimizning faxri va g‘ururi ekani yana bir bor e’tirof etilib, Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar va faxriylarga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi.

Milliy armiya — sharafimiz va g‘ururimiz!