Qisqacha
2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriatni xorijiy tilda tamomlaganlar magistraturaga hujjat topshirishda til sertifikatini taqdim etishdan ozod.
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.
Ozod etish quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- bakalavriat dasturi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlangan bo‘lsa;
- abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.
Agar diplom ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti taqdim etgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.

Davlat ramzlari









