Qisqacha
HEMIS’da o‘qituvchilar fanlarga biriktiriladi, fan resurslari, topshiriqlar va testlar yaratiladi, darslar jadval bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Institut ma’lumotiga ko‘ra, HEMIS axborot tizimida professor-o‘qituvchilar bo‘yicha quyidagilar yuritiladi:
- o‘qituvchilar kafedralarga va o‘quv yilida o‘tiladigan fanlarga biriktiriladi;
- reja asosida malaka oshirish muddati kiritiladi;
- o‘qituvchilar fan mavzulari va mustaqil ta’lim mavzulari, fan resurslari, fan topshiriqlari va test nazoratlarini yaratadi;
- dars mashg‘ulotlari dars jadvaliga muvofiq o‘z vaqtida tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- reyting qaydnomalari shakllantiriladi va nazoratlar o‘z muddatida qo‘yiladi;
- «Ilmiy faoliyat» bo‘limiga chop etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar kiritiladi.
O‘tilayotgan darslar va fan resurslarining joylashtirilishi monitoring qilinadi. Institut HEMIS tizimi — hemis.buxdpi.uz.

Davlat ramzlari









