Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, p.f.d., professor B.B.Ma’murov Turkiyaning Hacettepe universiteti professori, Dr. Nurettin Demir va Yıldız Teknik universiteti Pedagogika fakulteti dekani, professor, Dr. Mehmet Engin Denizni qabul qildi.
Turkiyalik professorlar tomonidan 2024-yilning 1–14-fevral kunlari oʻz yoʻnalishlari bo‘yicha talabalarga ma’ruzalar o‘qildi. Institut professor-oʻqituvchilariga mahorat darslari, seminar-treninglar o‘tkazildi. Kafedralardagi professor-oʻqituvchilar bilan kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha kelishib olindi. Yıldız Teknik universiteti bilan hamkorlik memorandumni imzolandi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi toʻgʻrisidagi fikrlar muhokama qilindi. Institut rektori olimlarga minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.