Buxoro davlat pedagogika instituti va Yıldız Teknik Universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich va Yıldız Teknik Universiteti Pedagogika fakulteti dekani Mehmet Engin Deniz oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Unga koʻra, Buxoro davlat pedagogika instituti Yıldız Teknik Universiteti bilan hamkorlikda professor-oʻqituvchilar, doktorant va magistrlar, asosan, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyadi, hamkorlikda ilmiy adabiyotlar nashr qilinishi, konferensiya va simpoziumlar oʻtkazilishi belgilandi. Shuningdek, pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda xorijiy tillar kabi ta'lim yoʻnalishlarida oʻzaro xalqaro aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.