Buxoro davlat pedagogika instituti va Ozarbayjon–Turkiya hamkorligida tashkil etilgan BZT Turon akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Buxoro davlat pedagogika institutiga Ozarbayjon-Turkiya hamkorligida tashkil etilgan BZT Turon akademiyasi direktori, Turk dunyosi ijtimoiy tadqiqotlar izlanuvchilari markazi rahbari Niyamaddin Shukurov, Turkiyaning Ege universiteti professori Aylin Go'ztash hamda Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi Ferahila Babayevalar tashrif buyurdi.
Memorandum akademik, ilmiy va madaniy sohalar boʻyicha hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Xususan, unda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar nashr qilish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.