"Acharya" universiteti bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov boshchiligidagi institut jamoasi Qorako'l tumanida joylashgan "Acharya" universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog'ida universitet bilan o'zaro hamkorlikni o'rnatish va uning istiqbolli rejalari hamda sifatini yaxshilash bo'yicha uchrashuv o'tkazildi. Shuning bilan birga, ikki oliygoh o'rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan dasturlar va rejalar muhokama qilindi.