Sayt test rejimida ishlamoqda!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Empower loyihasi bo'yicha Varna menejment universitetida tashkil etilgan trening
Event Image

✅ Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari S.Kurbanov, N.Ochilova, M.Baxronova, tayanch doktorant D.Ashurova hamda Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi boshligʻi G.Akramovalar Bolgariyaning Varna shahrida joylashgan Varna Menejment universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro loyihasi EMPOWER ayollarni tadbirkorlikka tayyorlash dasturining navbatdagi treningida ishtirok etishdi. 

☄️Trening jarayonida istiqboldagi rejalar tuzilib, xorijiy olimlarning tajribalari oʻrganildi. Varna Menejment universiteti rektori Todor Radev bilan uchrashuvda talabalar almashinuvi va boshqa xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish masalalari kelishib olindi.