Sayt test rejimida ishlamoqda!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti va Sankt – Peterburg o'quv-nashriyot markazi "Zlatoust" o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti va Sankt – Peterburg o'quv-nashriyot markazi "Zlatoust" o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Unga ko‘ra, Buxoro davlat pedagogika instituti Sankt – Peterburg o'quv-nashriyot markazi "Zlatoust" bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar nashr qilinishi, bakalavriatning barcha yo‘nalishlarini zarur adabiyotlar bilan ta'minlash masalalari, shuningdek, "o'zga tillar guruhlarida rus tili" ta'lim yo'nalishi uchun maxsus adabiyotlarni chop etish muhokama qilindi. Suhbat davomida ishtirokchilar samarali hamkorlik to'g'risida fikr almashdilar, ikki tomon respublika miqyosida ko'p tirajli adabiyotlarni yaratish va nashr etishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida o'zaro qaror qabul qildilar. Ushbu uchrashuv BuxDPI va "Zlatoust"o'quv-nashriyot markazi o'rtasidagi o'zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishda muhim qadam bo'ldi, oʻzaro xalqaro aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.