
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) tomonidan imzolagan muassasa blankidagi kuzatuv xati.
Talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnoma.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi (majlis raisi) va ilmiy kotibi tomonidan imzolangan Ilmiy kengash majlisi stenogrammasining asl nusxasi (Ilmiy kengash a’zolarining qayd varaqasi stenogrammaga ilova qilinadi).
Rasmiy opponentlarning va yetakchi tashkilotning taqrizlari.
Dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida OAK veb-saytida yoki “OAK Byulleteni” jurnalida hamda respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxalari.
Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
Talabgorning pasporti nusxasi.
Talabgorning faoliyati va attestatsiya tadbirlari natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja diplomining nusxasi; malakaviy imtihonlarni topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning asl nusxalari; hammualliflikdagi ilmiy ishlarni dissertatsiyaga to‘la yoki qisman kiritish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligi).
Dissertatsiyaning bitta nusxasi va dissertatsiya avtoreferatining ikkita nusxasi hamda talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja dissertatsiyasi avtoreferati.
Dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati va talabgor to‘g‘risidagi obyektiv-ma’lumotnomaning elektron shakli yozilgan SD-disk.
Ilmiy darajalari berish to’grisidagi nizom