shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuv

  • Bosh sahifa
  • Rasmiy
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuv
Buxoro davlat pedagogika institutida Ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuv

Buxoro davlat pedagogika institutida Ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuv

    Bugun Oliy taʼlim tashkilotlarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy hamda sport-sog‘lomlashtirish ishlarining samaradorligini o‘rganish maqsadida vazirlik Ishchi guruhi a’zolari Buxoro davlat pedagogika institutida faoliyat jarayonini davom ettirmoqda.

🔹 Tashrif davomida Ishchi guruh a’zolari institut faoliyati, ta’lim jarayonlari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy qo‘llanmalar, ijodiy ishlar va innovatsion loyihalar ham o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, guruh a’zolari institutda muntazam o‘tkazilayotgan “Kelajak soati” darslari jarayonini ham kuzatib, talabalar bilan samimiy savol-javob tarzidagi suhbat o‘tkazdilar. Tadbirkorlik, ma’naviyat, ta’lim va yoshlar tashabbuslarini yanada rivojlantirish borasidagi talabalar fikrlari tinglandi.

💬   Ishchi guruh a’zolari esa talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning taklif va fikrlarini diqqat bilan tinglab, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish uchun o‘z tavsiyalarini berdilar.