

Erasmus+ EMPOWER loyihasi doirasida o‘tkazilgan treninglar ishtirokchilarga yangi bilim va biznes g‘oyalarini amalda qo‘llash imkoniyatini bermoqda.
Zokirova Sitora Shokirjonovna — ingliz tili o‘qituvchisi va EMPOWER loyihasi bitiruvchisi.
U o‘z bilim va tajribasini yangi imkoniyatga aylantirib, bolalar uchun ingliz tili kurslarini tashkil etdi. Bu tashabbus orqali u yoshlarning til o‘rganishiga ko‘maklashmoqda va o‘zi uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratmoqda. 👏
💡 Sitoraning faoliyati shuni ko‘rsatadiki, o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda tadbirkorlikni boshlash, kasbiy salohiyatni rivojlantirish va moliyaviy mustaqillikka erishish mumkin.
🌱 EMPOWER loyihasining asosiy maqsadi ham ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashdir.
💐 Sitorani ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz! Uning ta’lim sohasidagi tashabbusi yanada rivojlanib, ko‘plab yoshlarning bilim olishiga xizmat qilishini tilaymiz.
💜 Erasmus+ EMPOWER — bilimni imkoniyatga, g‘oyani tashabbusga, tashabbusni esa real natijaga aylantiramiz!
Birgalikda bilim olamiz.
Birgalikda imkoniyat yaratamiz.
Birgalikda kelajakni quramiz!
#ErasmusPlus #EMPOWERWomen #WomensEntrepreneurship #WomenEmpowerment #EnglishLanguage #Bukhara