(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Xotin-qizlar bilan ishlashda ilg‘or tajribalar o‘rganildi

Xotin-qizlar bilan ishlashda ilg‘or tajribalar o‘rganildi

Xotin-qizlar bilan ishlashda ilg‘or tajribalar o‘rganildi

     Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarining uchinchi mavsumi bo‘lib o‘tdi.

     Mazkur kurslarda respublikamizdagi 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari qatorida Buxoro davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Vazira Ismatovna Sadullayeva ham faol ishtirok etdi.

     O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash, talaba-qizlar bilan samarali ishlash, psixologik ko‘mak ko‘rsatish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda bu boradagi amaliy mexanizmlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar. Shuningdek, Oliy Majlis Senati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Toshkent davlat transport universitetida tashkil etilgan tajriba almashish uchrashuvlari ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

     Mazkur malaka oshirish kursida orttirilgan bilim va tajribalar institutimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.