

Hurmatli pedagoglar!
Agar siz maktabgacha yoki umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e'lon qilinayotgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishing.
Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo'sh ish o'rni e'lon qilingan. Siz o'zingizga mos hudud, tuman yoki ta'lim muassasasini tanlab, bo'sh ish o'rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
Saralash jarayonlari shaffof va xolis mezonlar asosida amalga oshiriladi. O'z bilimingiz va salohiyatingizni namoyon etib, munosib ish o'rniga ega bo'lish imkoniyatidan foydalaning!