(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

JO‘RAYEVA NARGIZA OLTINBOYEVNA

team image

JO‘RAYEVA NARGIZA OLTINBOYEVNA

Dotsent

Men Jo'rayeva Nargiza Oltinboyevna 1987 yilning 5 yanvarida Buxoro viloyati, G'ijduvon tumanida ziyoli oilasida tug'ilganman. 1994-2005 yillarda G'ijduvon tumanidagi 9-son umumta'lim maktabida tahsil olganman. 2006-2010 yil Buxoro davlat universitetining Matematika yo'nalishiga bakalavr yo'nalishin tamomlab, 2010-2012 yillarda BuxDU Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxsisligini tamomladim. 2021-2023 yillarda Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranturasini muvaffaqiyatli yakunladim.

Номер телефона:
+998912424790
Электронная почта:
nargiza_oltinboyevna@buxdpi.uz
Scopus ID:
57210448884
ORCID:
0000-0002-3139-2217
Google scholar:
Google scholar

amaliy matematika va axborot texnologiyalari

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Dotsent

Ulug'bek nomidagi davlat stependiyasi sohibi

Matematika o'qitish metodikasi, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi.

Lavozim vazifalari hamda malaka talablari kadrlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirishga yordam berish, ularning kasbiy malakasini oshirish, mehnatini okilona taqsimlash, professor-o‘qituvchilar tarkibining vazifalari va mas’ulligini belgilash hamda ularning lavozim majburiyatlarini to‘g‘ri belgilashda yagona yondashishlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Mazkur lavozim vazifasi va malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Tarmoq ta’rif-malaka ma’lumotnomasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 941-sonli buyrug‘i, Vazirlikning 2017 yil 21 apreldagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining lavozimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 240-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2021 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida (xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (xalq-2020) davlat standarti)”gi 05-1288-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalari Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘i hamda boshqa tegishli normativ- huquqiy hujjatlaridan foydalanilgan.

Buxoro davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarning lavozimlariga ko‘yiladigan malaka talablari:

lavozim majburiyatlari (vazifalari), bilishi lozim va lavozim malaka talablari bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori amaldagi hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.