Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

Harbiy taʼlim fakulteti

Harbiy taʼlim fakulteti

UZOQOV ASLIDDIN MEXRITDINOVICH

UZOQOV ASLIDDIN …

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
RADJABOV SHAVKAT SHOIMOVICH

RADJABOV SHAVKAT …

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

     Harbiy ta’lim fakulteti Buxoro davlat pedagogika instituti (BuxDPI) tarkibidagi yetakchi ta’lim bo‘linmalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda ta’lim tizimi ehtiyojlari uchun harbiy-pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha raqobatbardosh, yuksak bilim va kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet faoliyati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va mudofaa sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, institut ustavi asosida tashkil etilgan.

     Fakultetda ta’lim jarayoni zamonaviy harbiy-pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari, simulyatsiya va amaliy mashg‘ulotlar hamda innovatsion o‘qitish metodlari asosida olib borilib, talabalarni harbiy bilim, kasbiy ko‘nikma, yetakchilik salohiyati va vatanparvarlik ruhida kompleks rivojlantirishga qaratilgan.

    Ta'lim yo'nalishi va shakli: Harbiy ta'lim - Kunduzgi

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Fakultetda jami 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan:

  • 4 nafar falsafa doktori (PhD),
  • 11 nafar dotsent,
  • 5 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar.

     Fakultetda jami 400 nafar talaba tahsil olmoqda:

1-kurslar: 185 nafar

2-kurslar: 93 nafar

3-kurslar: 122 nafar

     Har yili fakultet talabalarining 20 dan ortig‘i respublika va xalqaro fan olimpiadalari, ilmiy konferensiyalar hamda tanlovlarda faol ishtirok etadi

Yutuqlar:

  • 2025-2026 o’quv yilida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Harbiy ta’limga yo’naltirilgan fakultetlar va bo’linmalar o’rtasida tekshirish natijasi bo’yicha 1-o’rinni egallagan.
  •  Harbiy ta’lim fakultetida 2  nafar nomdor stipendiantlar mavjud
  •  “Qo’l jangi” sport turi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi chempionatida faxrli 5 ta oltin medal.
  •  “Qo’l jangi” sport turi bo’yicha Xalqaro chempionatida faxrli 
  • 3 ta oltin medal, 5 ta kumush medal.
  • “ZAKOVAT” intellektual klubi a’zolari Buxoro viloyati “Harbiy Prokuror Sovrini” tadbirlarida fahrli 1-o’rin.
  •  Fakultet ofitser o’qituvchilari tomonidan harbiy fanlar uchun 50 dan ortiq darslik va qo’llanmalar chop etilgan.
  •  Respublika OAK jurnallarida 250 dan ortiq maqolalar, xorijiy OAK jurnallarida 350 dan ortiq, Halqaro “SCOPUS” ilmiy texnik bazasiga 25 dan ortiq maqolalar nashr etish uchun taqdim etilgan.
  • Talabalar teatr jamoasi viloyat bosqichida 2-o’rin  egallagan.

        Bitiruvchilar va bandlik ko‘rsatkichlari

        Fakultet bitiruvchilari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar hisoblanadi. Oxirgi uch yil davomida bitiruvchilarning 100 foizi mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashgan.

       Bitiruvchilar umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda davlat va nodavlat tashkilotlarida samarali faoliyat olib bormoqda.

       Fakultet Buxoro davlat pedagogika institutida sifatli ta’lim, ilmiy izlanishlar va malakali pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlovchi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Fakultet faoliyati doimiy ravishda takomillashtirib borilib, zamonaviy ta’lim talablariga moslashtirilmoqda.

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim kafedrasi
Подробнее