Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

QURBONOV G‘ULOMJON G‘AFUROVICH

team image

QURBONOV G‘ULOMJON G‘AFUROVICH

Kafedra mudiri

Qurbonov G‘ulomjon G‘afurovich 1998-2002 yillarda Buxoro davlat universitetining Matematika ta’limi yo‘nalishini o‘qib tamomlagan va bakalavr darajasini olgan. 2009-2011 yillarda Buxoro davlat universitetining Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan va magistr darajasini olgan. 2018-2020 yillarda Buxoro davlat universiteti Matematika analiz kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-2023 yillarda Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 2023-2024 yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti “Aniq fanlar” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritgan. 2024-yildan shu kunga qadar “Matematika va informatika” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Номер телефона:
99894 120 21 05
Электронная почта:
kurbonovgulomjon@buxdpi.uz
Web of Science ID:
yo'q
Scopus ID:
58779034500
ORCID:
0000-0002-9508-5056
Google scholar:
Google scholar

Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Professor

yo'q

Analitik geometriya, Chiziqli algebra, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Matematika o'qitish metodikasi

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:

Kafedrani boshqarish bo‘yicha:

• Kafedra mudirining shaxsiy rejasi fakultet dekani bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi;

 • kadrlar tayyorlash tizimi va ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha ta’lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini tahlil etishni amalga oshiradi;

• kafedra professor-o‘qituvchilarining oliy ta’lim muassasasi kafedralari, fakultetlari bilan, shuningdek, xalkaro hamkorlik faoliyatlarini tashkil etadi;

• oliy ta’lim Davlat ta’lim standartini amalga oshirishni ta’minlaydi;

• kafedra faoliyati muhokama kilinadigan oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalari ishlarida qatnashadi;

• kafedra ishlari rejasi, kafedraning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari shaxsiy rejasini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi.

• kafedra majlislarida kafedraning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy- uslubiy ishlar rejasining bajarilishini va kafedra faoliyatining boshqa masalalarini muhokama kiladi;

• kafedra pedagog-xodimlariga o‘quv yuklamalarini imzolaydi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqqa kiritadi va ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

 • kafedra professor-o‘qituvchilarining darslariga kiradi va ularni kafedra majlislarida muhokama kilishni tashkillashtiradi;

 • tanlovga tushgan barcha hujjatlarni “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq ko‘rib chikilishi va natijalarini oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga yuborilishini ta’minlaydi;

• kafedra professor-o‘qituvchilarining malaka oshirishini rejalashtiradi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv va ilmiy-uslubiy jarayonlarni tashkil etish maksadida oliy ta’lim muassasasi bo‘linmalarlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilaydi:

• o‘quv semestri va o‘quv yili yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlar va hisobotlarni tayyorlaydi, tegishligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbariyatga takdim etadi va ularning nusxalarini kafedrada saqlanishini ta’minlaydi;

• kafedraga tegishli o‘quv xonalari va laboratoriyalarda mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalarning talabalar, kafedra professor- o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat kiladi;

• bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq ishchi o‘quv reja va dasturlarni tuzadi;

• kafedraga tegishli magistratura talabalarining kalendar ish rejalari tayyorlanishini nazorat qiladi;

• kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitadigan fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv ko‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va boshka o‘quv materiallarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va bu jarayonga bevosita ishtirok qiladi;

 • O‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etilishini ta’minlaydi;

• professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga kirib tahlil qilishni ta’minlaydi va o‘zi muntazam (ixtiyoriy) ravishda o‘quv mashg‘ulotlari va nazorat ishlarida ishtirok etadi;

• ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash orkali o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantiradi va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbik etilishini ta’minlaydi;

• kafedragi mavjud soatlar yuzasidan paydo bo‘lgan vakantlar to‘g‘risida o‘quv- uslubiy boshqarma hamda xodimlar bo‘limiga kamida 5 kun oldin ma’lumot taqdim etadi hamda professor-o‘qituvchilarni saralash hamda tanlashda institutning belgilangan tartibida amalga oshiriladi;

• Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi hamda qoldirilgan darslarni boshqa o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;

Kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini ilmiy va o‘quv jarayonlarini samarali tashkil qilishdagi munosib hissasi, institutning mehnat jamoasidagi o‘rni va faolligini inobatga olib, ularni rag‘batlantirish yoki institutning ichki tartib qoidalari, odob-ahlok kodeksi va lavozim majburiyatlariga rioya qilmaganlarga intizomiy chora ko‘rish xakida institut raxbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi;

• Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;

Professor-o‘qituvchilarni kelib-ketishi bo‘yicha kafedra tabelini yuritadi hamda belgilangan tartibda xodimlar bo‘limiga taqdim qiladi. O‘slubiy ishlar bo‘yicha:

• talabalarni yuqori ilmiy-uslubiy darajada o‘qitadi, ular bilimini baholashning samarali usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

• har semestrda kamida bir marta ochiq ma’ruzalar o‘tadi;

• talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etish asoslarini shakllantiradi;

• dars beradigan fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat kilishni amalga oshiradi;

• talabalarning mustaqil ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar ilmiy jamiyati ishlarini tashkil etadi, rejalashtiradi va rahbarlik kiladi, o‘rta maxsus, kasb-xunar va umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida kasbiy yo‘naltirish ishlarini olib boradi;

• kafedra professor-o‘qituvchilarining malakalarini oshirishlarida faol ishtirok etadi, ularga pedagogik mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; ilm-fan, ta’lim va ishlab chikarish integratsiyasini amalga oshirishda ishtirok etadi.

 • belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlaydi, Ilmiy kengash majlislarida hisobot beradi;

 Ilmiy ishlar bo‘yicha: • kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini tasdiqlaydi va bajarilishini talab qiladi;

• innovatsion ta’lim loyihalarini boshqaradi;

• talab darajasidagi ilmiy maktab va yo‘nalishni tashkil etadi, mustakil tadqiqotchi izlanuvchilarga, tayanch doktorant va doktorantlarga kafedra tomonidan ilmiy sohada kerakli bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi;

• ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etib, natijalarini o‘quv jarayoniga olib kiradi; turli tarmoq muassasa va tashkilotlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishda samarali takliflar ishlab chiqadi;

• maxsus, ekspert, texnik va ilmiy uslubiy kengash, ilmiy-pedagogik va kasbiy jamoa (assotsiatsiya) ishlarida ishtirok etadi;

• ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar natijalarining nashr etishni tashkiliy masalalari, jumladan kafedrada muhokama etish, nashrga tavsiya etish, tashqi ekspertizadan va shu kabilarni tashkil etadi.

Kafedra huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda tegishli soha bo‘yicha muammolarni ilmiy yechimini topishda takliflarni ishlab chiqadi; Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:

• oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;

• talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va tadbirlarda ishtirok etadi