Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

NUROVA FIRUZA KAMOLOVNA

team image

NUROVA FIRUZA KAMOLOVNA

Katta o‘qituvchi

1998-2002 yy. - Buxoro davlat universiteti talabasi 2002-2005 yy. – Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 14-maktab o‘qituvchisi 2005-2007 yy. - Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakuteti magistranti 2005-2006 yy. – Buxoro viloyat yuridik texnikumi bo‘lim mudiri 2006-2009 yy. - Buxoro viloyat yuridik texnikumi o‘qituvchisi 2009-2010 yy. - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi 2010-2013 yy. - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2013-2021 yy. - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi 2021-2024 yy – Buxoro davlat pedagogika instituti kengash kotibi 2024 - h.v. – Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

Номер телефона:
+998914158153
Электронная почта:
firuzaru870@gmail.com
Web of Science ID:
yo'q
Scopus ID:
yo'q
ORCID:
0009-0005-3510-6483
Google scholar:
Google scholar

lingvistika: o'zbek tili

Tilshunoslik nazariyasi, Amaliy o'zbek tili, O'zbek tilini o'qitish metodikasi

 

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:

  • Dars beradigan fanidan o‘quv mashg‘ulotining turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
  • O‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadi;
  • Amaliy      mashg‘ulotlar    uchun  topshiriqlar        tuzadi,      talabalar       bilimini baholashning samarali usullarini qo‘llaydi;
  • Mustaqil ishlar bo‘yicha talabalar bilimlarini nazorat qilishning samarali usullaridan foydalanadi;
  • Dars jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori darajada olib boradi, talabalarning shaxsiy va mustaqil ishlarini tashkil etadi;
  • O‘quv reja va o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlaydi;
  • Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, mustaqil ta’lim va uy vazifalari, kurs ishlari (loyihalari)ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
  • Talabalarning mustaqil ishi, individual va amaliy mashg‘ulotlari uchun topshiriqlar to‘plamini tuzadi;
  • O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tadbiq etadi;
  • Talabalarda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etishni ta’minlovchi kompetentlik (chuqur bilimga asoslanganlik)ni shakllantiradi;
  • Kafedraning moddiy-texnik bazasining rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
  • Talabalar tomonidan uy vazifalarini bajarilishi, ularning o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazishda mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilishi, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarining bajarishini tekshiradi va nazorat qiladi.
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli ta’lim platformalari bilan ishlaydi, tegishli ma’lumotlarni bazaga kiritilishini ta’minlaydi;
  • Ilmiy ishlar bo‘yicha:
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
  • Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnolgiyalarini ishlab chiqadi;
  • Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi va nazorat qiladi;
  • Ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini nashr etadi.
  • Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
  • Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:
  • Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;
  • talabalar turar joyi va binolarda navbatchilik qiladi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
  • Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
  • Institutning jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriklarini bajarishni uz zimmasiga oladi;
  • Kafedra mudirining topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi; Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Milliy mustaqillikning asoslari va tamoyillari;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’limga oid Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari;

  • Faoliyatga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
  • Oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisliik)malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari;
  • O‘quv jarayoniga ta’limning pedagogik, axborot-kommunikatsion texnologiyalari

va texnik usullarini tadbiq qilish;

  • Yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish;
  • Mehnat bozorini hisobga olgan holda, namunaviy dastur va ishchi rejani shakllantirish asoslari;
  • Rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minlash talabalar bilimi,

ko‘nikmasi va malakasini baholash tizimi, baholashning kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi asoslari;

  • Ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish texnologiyasi;
  • Ta’lim va tarbiyada zamonaviy shakl va uslublar;
  • Davlat va nomli stipendiyalar bilan ishlash;
  • Normativ hujjatlar, ilmiy, pedagogik va oliy ta’lim muassasasi xodimlari mehnatlarini tartibga solish xususiyatlari;
  • O‘quv jarayonida me’yoriy asoslarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash usullarini tashkil qilish;
  • Oliy ta’lim menejmenti asoslari;
  • Etika va nutq madaniyati masalalari;
  • Chet tillardan birida muloqot qila olish;
  • Intelektual mulkni rasmiylashtirish mexanizmlarini ;
  • Shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun zaruriy talablarni;
  • Mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.

Malaka talablari:

Katta o‘qituvchi lavozimi malaka talablari: oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr,diplomli         mutaxassis),     shuningdek    ilmiy       daraja(shu     jumladan,      fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori(Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha kamida 3 yillik tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim