Dotsent
Murodov Halim Salimovich 1975 yil 23 fevralda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Buxoro davlat universiteti Tarix fakultetini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy ishlar va qo‘llanmalarning muallifi, xalqaro va respublika anjumanlarida muntazam ishtirok etadi.
Mehnat faoliyatini 1997 yilda Vobkent tumanidagi 29-umumta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan, keyinchalik pedagogik malaka oshirish institutida metodist va Kogon shahridagi 17-IDUMda tarix o‘qituvchisi sifatida ishlagan.
2012 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, 2016 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2022 yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2023-yildan Buxoro davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yildan dotsent sifatida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy izlanishlari natijasida 1 monografiya, 1 ta darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 40 ga yaqin ilmiy tezis va 20 dan ortiq maqola chop etilgan. Google Scholar h-indeksi – 6.
H.S. Murodov talabalarni ilmiy anjumanlarga jalb qilish, kafedrada “Ustoz-shogird” tizimini rivojlantirish va iqtidorli talabalarga metodik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va hududiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
tarix fani o'qituvchisi
Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvon: Dotsent
Jahon tarixi, Fan va texnika tarixi, O’zbekistonning eng yangi tarixi