Tyutor
2015-2019-yy- Buxoro davlat universiteti talabasi 2019-2021-yy– Romitan tuman 3-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi 2021-yil sentyabrdan 2021yil dekabrgacha – SHofirkon tuman 3-son MTTda metodist 2022–2023yy- Buxoro SHaxar 35-son Maktabgacha talim tashkilotida tarbiyachi 2023-2025-yy- Buxoro Innovatsiyalar Universiteti magistri 2023-yil 16-oktyabrdan h.v.q– Buxoro davlat pedagogika instituti tyutori
maktabgacha ta'lim
"Yilning eng yaxshi tyutori", "Islohotlar bilimdoni" Respublika bosqichida ishtiroki
Tyutor
Talabalarning oliy ta'lim tashkiloti va ta'lim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-rеsurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar bеrib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodеksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;
talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikеnglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdеk, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini ta'minlash;
nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tеgishli takliflar kiritish;
talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi ma'lumotlardan xabardor qilib borish.