Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

XAITOV XAMZA AXMADOVICH

team image

XAITOV XAMZA AXMADOVICH

Dekan

Xaitov Xamza Ahmadovich
Tug‘ilgan yili va joyi: 1977-yil, Buxoro viloyati, Buxoro tumani
Millati: o‘zbek

Ta’limi

  • 1999-yil – Buxoro davlat universiteti, O‘zbek–tojik filologiyasi fakulteti, o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi.
    Diplom raqami: 01 № 006154

Ilmiy darajasi va unvonlari

Xamza Ahmadovich 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) va professor ilmiy darajasi hamda unvoniga ega.

PhD dissertatsiyasi

  • Mavzu: “O‘zbek nasri taraqqiyotida xalq maydon kulgi san’atining ta’siri”

  • Himoya sanasi: 2021-yil 28-dekabr

  • Himoya qilingan kengash: DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03

  • Ilmiy daraja berilishi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 1-fevraldagi 311/1-son bayonnomasi asosida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasi berilgan.
    Guvohnoma raqami: 01 № 006154

Doktorlik (DSc) dissertatsiyasi

  • Mavzu: “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti badiiy taraqqiyotida xalq kulgusining o‘rni”

  • Himoya sanasi: 2024-yil 17-aprel

  • Himoya qilingan kengash: DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03

  • Ilmiy daraja berilishi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-iyuldagi 358/1-son bayonnomasi asosida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan.
    Guvohnoma raqami: 01 № 008177

Номер телефона:
900845656
Электронная почта:
xaitovxamza296@gmail.com
Web of Science ID:
-
Scopus ID:
-

o'zbek filiologiyasi

Ilmiy daraja: Fan doktori, DSc

Ilmiy unvon: Professor

-

O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi, Ifodali o'qish va nuts madaniyati

  1. Fakultet dekani lavozim vazifalari:

Fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;

  • fakultetdagi mavjud bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
  • oliy ta’lim muassasasi va fakultet ilmiy kengashi qarorlarini bajarilishini nazorat qiladi;
  • Xodimlar bo‘limi bilan kelishgan holda fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
  • kasbiy etikasini shakillantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoiy, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayorlashni ta’minlaydi;
  • o‘quv tarbiyaviy jarayon hamda talablarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
  • talabalarning mustaqil ishi shuningdeg ularning bilimini kredit-modul tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
  • talabalarni kursdan kursga o‘tkazish talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda ular bilan ishlashni ta’lim muassasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
  • Talabalarni shaxsiy yig‘ma-jildiga tegishli hujjatlarni mas’ul xodimlar (talabalar stoli)ga yetkazilishini ta’minlaydi;
  • talabalar ilmiy ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy ijodiy faoliyatini ruyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;
  • iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiyadalar Shuningdek, boshqa nomdor stipediya va tanlovlarda ishtirok etishga tayorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etadi;
  • stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlari orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
  • fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha shu jumladan xorijiy olimlar bilan darslik o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xorijiy tillarni o‘rganish va kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etadi;
  • yilning eng yaxshi fakulteti uchun o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
  • fakultet ilmiy kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig‘ilishlar ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
  • oliy ta’lim muassasining marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganadi, fakultet tamomlagan bitiruvchilar bilan aloqa o‘rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
  • pedagog kadrlar talabalar va ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
  • ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish va ularni o‘quv maqsadlarida faydalanishni amalga oshiradi;
  • fakultet ixtisosligi bo‘yicha xalq xo‘jaligida band bo‘lgan oliy malumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etish;
  • ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqadi va davlat ta’lim standartlari asosida shakillantiradi;
  • ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manba’lari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;
  • ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
  • talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda foydali mehnat bilan shug‘ullantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo‘shilib qolishlarini oldini olish;
  • Talabalarni institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob-axlok kodeksi bilan muntazam tanishtirib boradi hamda ushbu qoidalarga rioya qilmagan talabalarga vakolati doirasida xayfsan berish yoki talabalar safidan chetlashtirish bo‘yicha institut rahbariyatiga taklif kiritadi;
  • Tyutorlar faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish   bo‘limi tomonidan kelgan ko‘rsatma va vazifalarni tyutorlarga o‘z vaqtiga yetkazilishini nazoratga oladi.
  • Fakultetda tyutorlar faoliyatini fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari muvofiqlashtiradi.
  • talabalar o‘rtasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
  • fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakillantirish;
  • o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
  • fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor- o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.
  • Ta’lim platformalari bilan ishlash, nazorat qilish va yo‘nalishiga qarab tegishli ko‘rsatmalarni berish;
  • Fakultet xodimlariga mehnat vazifalarini taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, jamoa orasida tartib va intizomni saqlashni ta’minlaydi, lozim bo‘lganda talab etishni yo‘lga qo‘yadi;
  • Fakultet va uning tarkibiga kiruvchi kafedra xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xaqida institut raxbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritadi;
  • Fakultet va kafedra xodimlarini ishga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qiladi, ishga kelmaganda, kasal bo‘lganda, tug‘ruq ta’tili yoki o‘z hisobidan ta’til olmoqchi bo‘lganda o‘sha zahotiyoq institut rektori nomiga bildirishnoma yozib, xodimlar bo‘limini ogohlantiradi;
  • Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish;

 

Bilishi kerak:

Fakultet faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari Vazirlikning Xay’at Karorlari, buyruklari, OTMsi rektori buyruklarining moxiyatini bilishi, OTMsi yillik va istikboli rejalarini bilishi;

Malaka talablari:

    • Oliy ta’lim muassasalarida boshkaruv lavozimida zarur bulgan kasbiy va tashkilotchilik kobiliyatlariga, ta’lim soxasida raxbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va kunikmalarga;
    • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy kobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kobiliyatlariga ega bulish, mas’uliyat xissi, mustakil karor kabul kilish va ish tutish, kat’iy xarakat kilish, muassasa strategik maksadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bulishi;
    • Institutning bakalavr va magistrlar tayyorlash yunalishlari va mutaxassisliklaridan biri buyicha fan doktori yoki fan nomzodi(falsafa fanlari doktori(PhD)) ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bulishi;

Fakultet yo‘nalishi buyicha kamida 5 yillik yoki davlat organi va tashkilotlarida kamida 3 yillik rahbarlik stajiga ega bulishi zarur.