(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

JUMAYEV RUZOKUL XOLIQULOVICH

team image

JUMAYEV RUZOKUL XOLIQULOVICH

Dotsent

1990-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan, millati tojik. 2016-yilda Buxoro davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2016-yil Buxoro davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim asoslari” kafedrasida o‘qituvchi lavozimidan boshlab, keyinchalik shu kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. Keyingi ish faoliyatini 2022-yil Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasida katta qituvchi lavozimida davom ettirib, 2023-yildan (h.v) mazkur institutning Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda “Sadriddin Ayniyning tojik va o‘zbek tillaridagi asarlari toponimlari tadqiqi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. U 100 yaqin ilmiy ishlar muallifi, shundan 15 tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan. 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya nashr qilingan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablar uchun 10 ortiq darsliklarda taqrizchi muharrir, musahhih va tarjimon sifatida faol ishtirok etgan. Shularni inobatga olib “Maktab ta’limida ilk marotaba hayotiy ko‘nikmalarga asoslangan Milliy o‘quv dasturini joriy etish, jahon standartlari asosida yangi avlod darsliklarini yaratishdek mashaqqatli, sharafli va tarixiy missiyani ado etishda Respublika ta'lim markazi jamoasi safidagi beqiyos mehnatlari, muvaffaqiyatli faoliyati hamda fidoyi xizmatlari” uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Номер телефона:
+998936867677
Электронная почта:
jumayevruzokul@buxdpi.uz
ORCID:
0009-0007-6656-3809
Google scholar:
Google scholar

Ta`lim tarbiya nazariyasi va metodikasi(Boshlang`ich ta`lim)

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Dotsent

Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi, Badiiy o'qish asoslari, Husnixat o'qitish texnologiyasi

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi dotsenti