Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидается!
shape
shape

RAHIMBOYEV RUSTAMJON ABDURAHMON O‘G‘LI

team image

RAHIMBOYEV RUSTAMJON ABDURAHMON O‘G‘LI

Rektor yordamchisi

Rahimboyev Rustamjon Abdurahmon o'g'li 2002-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U respublika va viloyat miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ommaviy yig‘ilishlar, siyosiy tadbirlar, ilmiy konferensiyalar, ijtimoiy loyihalar, volontyorlik loyihalari, seminar-treninglar, xalqaro va respublika tanlovlarida doimiy faol ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari u respublika va viloyat miqyosidagi tanlovlarni tashkil etishda mahoratli tashkilotchi hisoblanadi. O‘z faoliyati davomida ko‘plab jamoaviy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jamoa bilan ishlash texnikasi, boshqaruv taktikasi va yaxshi boshqara olishi tufayli yoshlar jamosi bilan birgalikda ko‘plab tanlov, tadbir, loyiha va anjumanlarni tashkil qildi. Respublika miqyosida 50 dan ortiq publistik maqolalari gazeta, jurnal va ommaviy axborot vositalarida chop etilgan. Bundan tashqari u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi (2023-2024 y), Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli (2025 y), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim-fan kengashi a’zosi, Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi – Yosh turizm elchilari Buxoro viloyati kengashi raisi, Respublika Yosh olimlar Kengashi a’zosi, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashrida “Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati” nomli maqolasi e’lon qilindi. 2024-yilda yoshlar siyosatini amalga oshirishda ko‘rsatayotgan jonbozligi, ijtimoiy faolligi, qobiliyati, o‘z sohasida erishgan yutuqlari va ijobiy natijalari uchun Buxoro viloyati hokimi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, shuningdek, Buxoro viloyatining “Eng kreativ va tashabbuskor yosh lideri” deb e’tirof etildi. Ikki marotaba Buxoro davlat universitetining eng yaxshi talabasi, “MDHning eng yaxshi talabasi” medali sohibi, “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sohibi, Buxoro viloyatining “Eng kreativ va tashabbuskor yosh lideri” mukofoti sohibi, “Ilmiy tadqiqot va startaplar” forumi statuetkasi sovrindori, “Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘asi” bilan mukofotlangan, “Vatanning sadoqatli farzandi – fidoiy inson” ko‘krak nishoni, “Fidoyi vatanparvar” ko‘krak nishoni sohibi hamda ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasiga kiritildi. Hozirgi kunda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori yordamchisi, BuxDPI magistranti hisoblanadi.

Номер телефона:
+998914486480
Электронная почта:
rahimboyevrustamjon2002@gmail.com

O'qituvchi, sport murabbiyi

Jismoniy tarbiya va sport

Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:
• Kelib tushgan, joʼnatiladigan va ichki hujjatlar rektorga maʼlum qilinishi uchun ularning oʼz vaqtida koʼrib chiqilishini taʼminlash;
• Rektorning topshirigʼi boʼyicha hujjatlarning oʼz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
• Rektorat yigʼilishlarining ishini tashkil etishni taʼminlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning koʼrsatmalari bajarilishini nazorat etish;
• Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan maʼruzalari va axborotlari uchun rektor koʼrsatmasiga binoan dekanatlar, boʼlimlar va xizmatlarning axborotini yigʼish va umumlashtirish;
• Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan maʼlumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
• Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
• OTM tarkibiy boʼlinmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chogʼida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish.